• 20 февраля 2025 в 23:05
  • 17
  • 0

Tanzila Narbayeva: bu yilgi Davlat dasturi xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi

Davlat dasturining to‘laqonli amalga oshishiga parlament, hukumat, fuqarolik jamiyati institutlari hamda o‘zini anglagan, befarq bo‘lmagan har bir inson birdek masʼul va javobgardir.

Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Senat Raisi Tanzila Narbayeva kirish so‘zi bilan ochgan majlisda dunyoda ro‘y berayotgan murakkab vaziyatga qaramasdan mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlar izchil davom etayotgani taʼkidlandi.

– “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan g‘oya va maqsadlar yo‘lidagi tizimli saʼy-harakatlar natijasida iqtisodiyotimiz yuksalmoqda. Ijtimoiy sohalar zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlanmoqda. Yaqinda mazkur Strategiyani joriy yilda yaʼni, “Atrof-muhitni asrash va “yashil" iqtisodiyot yili"da amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli davlat dasturi qabul qilindi. Iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish, soha va tarmoqlarni rivojlantirish va aholi turmush darajasini yaxshilashning “yashil rivojlanish” modeliga o‘tish bo‘yicha dasturiy vazifalar va aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, qayta tiklanuvi energiya manbalari ulushini hozirgi 16 foizdan 26 foizga oshirish belgilandi. Bu degani 20 dan ziyod yirik quyosh, shamol va gidro elektr stansiyalari ishga tushiriladi, - dedi Senat Raisi.

Joriy yilda ishlab chiqarish va infratuzilma loyihalarining 15 foizi “yashil” loyihalardan iborat bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, 2030-yilga borib mazkur ko‘rsatkich 55 foizni tashkil etadi. Bu esa, yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimiz “yashil texnologiya” asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan dunyo bozorlaridan munosib o‘rin egallashiga zamin yaratadi.

“Yashil makon”, “Mening bog‘im” kabi loyihalar doirasida 200 million daraxt va butalar ekilishi hududlarimizning ekologik qiyofasi yaxshilanishiga, aholi hordiq chiqarishi uchun ko‘rkam maskanlar paydo bo‘lishiga xizmat qiladi.

“Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilish asnosida “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi jamiyatimizda ekologik madaniyat va masʼuliyatni yuksaltirish hamda rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

– Bu yilgi Davlat dasturi ekologik nuqtai nazardan ham, iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra ham xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Uning to‘laqonli amalga oshishiga parlament, hukumat, fuqarolik jamiyati institutlari hamda o‘zini anglagan, befarq bo‘lmagan har bir inson birdek masʼul va javobgarmiz. Shu jihatdan qaraganda, senatorlarimiz, qo‘mita va komissiyalarimiz, qolaversa, joylardagi mahalliy kengashlar Davlat dasturida va umuman, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan vazifalar, loyihalarning o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishida faol ishtirok etishlari, o‘z vakolatlari doirasida ijrochilar masʼuliyatini oshirish choralarini ko‘rib borishlari lozim, – dedi Senat Raisi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      сегодня в 08:55   Кыргызстан