• 13 августа 2024 в 23:05
  • 15
  • 0

Sun’iy intellekt va startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni sun’iy intellekt va IT sohasidagi startap loyihalarni rivojlantirish chora-tadbirlariga doir taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari jadal rivojlantirilib, barcha sohalarda tatbiq etilmoqda. Bularning natijasida shu yilning o‘tgan davrida raqamli xizmatlar hajmi 21 trillion so‘mdan oshdi, yil yakuni bilan 43 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. Sohada 367 million dollarlik xizmatlar eksport qilindi. IT-park rezidentlari 577 taga ko‘payib, 2 mingtadan oshdi. Ularda ishlayotgan yoshlar soni esa 32 mingtaga yetdi.

Bu yil sog‘liqni saqlash, energetika, transport, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish kabi sohalarda 100 dan ortiq raqamlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan o‘zgarayapti. Jahonda har bir sohaga sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar kirib kelayapti. Bu borada yurtimizda ham qator loyihalar boshlangan.

Misol uchun, “MyID” va “UzFace” dasturlari 70 dan ortiq tashkilot, bank, elektron savdo maydonchalari va to‘lov tizimlarida joriy qilinib, 10 million foydalanuvchini masofaviy biometrik identifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi. “O‘zbekkosmos” sun’iy intellektni qo‘llab, 43 mingga yaqin yer qa’ridan noqonuniy foydalanish va ruxsatsiz qurilish holatlarini aniqladi.

Taqdimotda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, bank, soliq, bojxona kabi sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Avvalo, sun’iy intellekt bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish kerakligi qayd etildi. Sun’iy intellektni joriy etish strategiyasi va ikki yillik loyihalar dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Sun’iy intellekt texnologiyalari markazini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Xususan, bank-moliya sohasida sun’iy intellektni qo‘llashni kengaytirish, bu bo‘yicha kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda 4 ta universitetda sun’iy intellekt bo‘yicha kadrlar tayyorlanayapti. Hozirda katta ma’lumotlarni qayta ishlash va til modellari bo‘yicha 600 nafar mutaxassisga talab bor. Bu kelgusi yillarda karrasiga oshadi. Shuni inobatga olib, sohalar kesimida talabga mos mutaxassislar tayyorlash muhimligi aytildi.

Dunyoning barcha ilg‘or IT kompaniyalari o‘z faoliyatini startapdan boshlagan. Bizda ham bu borada birinchi qadamlar tashlanayapti. O‘tgan yili bunday loyihalar uchun jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmi 134 million dollarni tashkil qilgan.

Davlat rahbari startap loyihalarni moliyalashtirish uchun venchur investitsiyalarga keng sharoit yaratish vaqti kelganini ta’kidladi. Shu bois startap ekotizimini rivojlantirish, venchurli moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан