• 22 июля 2025 в 23:05
  • 7
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini ko‘zdan kechirdi.

Bu yo‘nalish bo‘yicha yurtimizda katta salohiyat bor. Davlatimiz rahbari bu sur’atni davom ettirib, milliy brendlar ostida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, O‘zbekistonni mintaqaviy “elektrotexnika xabi”ga aylantirish vazifasini qo‘ygan.

Zomindagi zavod buning  bir qismi bo‘ladi.

“Navoiy” maxsus sanoat parkining filiali sifatida tashkil etilgan majmua 80 gektarda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar. Bu yerda kir yuvish  mashinasi, sovutkich, televizor, elektr suv isitkich kabi yiliga 1 million dona maishiy texnika hamda butlovchi qismlar ishlab  chiqariladi. 100 turdagi mahsulotlar natijasida mahalliylashtirish darajasi 70 foizga  yetadi.

Muhimi, yillik ishlab chiqarish hajmi 320 million dollar bo‘ladi. Shundan 140 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi. 7 mingdan ziyod aholi ish bilan ta’minlanadi.

Sanoat parkida tayyorlangan mahsulotlar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston singari 15 dan ortiq mamlakatga eksport qilinadi.

Hozirgi o‘zgaruvchan bozor talablariga tez moslashish uchun zavodning o‘zida qolipxona ham tashkil etiladi. Zamonaviy logistika markazi orqali mahsulotlar xaridorga izchil yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, sanoat parkida “Avtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar uchun plastmassa mahsulotlari tayyorlash rejalashtirilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Oʻzbekiston Prezidenti OIIB bilan strategik sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
      10 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Qishloq xoʻjaligida yangi yerlarni oʻzlashtirish hamda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi
      09 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Abdusattorov va Sindarov 2025 yilda xalqaro turnirlarda $700 mingdan ortiq mukofot puli ishlab topdi
      09 февраля 2026 в 17:50   Узбекистан
    Чынгыз Ажибаев встретился со Специальным представителем и координатором ОБСЕ по борьбе с торговлей людьми
      10 февраля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло заседание Исполнительного комитета КФС
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Сборная города Бишкек по фехтованию отправилась на Чемпионат Азии
      10 февраля 2026 в 15:10   Кыргызстан
    В Душанбе представлена тематическая книжная выставка, приуроченная к Году охраны здоровья в СНГ
      10 февраля 2026 в 13:55   Таджикистан
    Нурланбек Тургунбек уулу подал в отставку по собственному желанию
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    Юношеская сборная Таджикистана (U-17) примет участие в международном турнире «Кубок развития-2026»
      вчера в 23:00   Таджикистан
    ОАО «Таджиктелеком» удостоено официального признания Правительства Республики Таджикистан
      09 февраля 2026 в 21:50   Таджикистан