• 30 сентября 2024 в 23:05
  • 25
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassanini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassanini qabul qildi.

Jahon banki guruhi bilan strategik hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti tomonidan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida vitse-prezident Antonella Bassani davlatimiz rahbariga Jahon banki prezidenti Ajay Banganing samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik bugungi yuksak darajaga yetgani va samarali tus olgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz bankning eng yirik hamkorlari qatoriga kirdi - loyihalar portfeli bir necha barobar ko‘payib, hozirgi kunda 12 milliard dollardan oshdi.

Jahon banki iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha barqarorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlarni amalga oshirishda ko‘maklashmoqda. Joriy yilning iyul oyidan Toshkent shahrida bankning mintaqaviy vakolatxonasi faoliyat boshladi.

Kambag‘allikka qarshi kurashish, davlat korxonalari va banklarini transformatsiya qilish, karbonsizlashtirish, JSTga a’zo bo‘lishni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlar hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish va urbanizatsiya, energetika va irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish dasturlariga, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy loyihalarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан