• 01 апреля 2024 в 23:05
  • 15
  • 0

Shavkat Mirziyoyev XXR delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni joriy yilning yanvar oyida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvdagi kelishuvlar doirasida mamlakatga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda xavfsizlikka nisbatan zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlari bugun yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi. Huquqni muhofaza qilish sohasida samarali idoralararo hamkorlik uchun mavjud salohiyat va imkoniyatlar qayd etildi.

Ustuvor yo‘nalishlar sifatida jamoat xavfsizligining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion usullarni joriy qilish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан