• 01 ноября 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildilar

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildi.

Davlat rahbarlari  YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon majmuasiga tashrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq me’morchiligi durdonasining qurilish tarixi, noyob naqshlari, ushbu maskan bilan bog‘liq mashhur voqea va shaxslar xususida so‘zlab berildi. 

Fransiya Prezidentining tashrifi Samarqandda o‘tayotgani va aynan Registondan boshlangani bejiz emas. Bu yerda xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy mushtaraklikni mujassam etgan jihatlar ko‘p.

Xususan, Sohibqiron Amir Temur buyuk sarkarda, savdo va ilm-fan homiysi sifatida Osiyo va Yevropada ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga katta ta’sir ko‘rsatgan. XV asrda Parijda uning sharafiga «Yevropaning xaloskoriga» degan yodgorlik qo‘yilgan. Amir Temur va Fransiya qiroli Sharl VI bir-biriga maktublar yuborib, aloqa o‘rnatgan. Yozishmalarda siyosiy masalalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy aloqalarga ham katta e’tibor qaratilgan.

Fransiyada buyuk Sohibqiron va temuriylar haqida ko‘plab ilmiy, badiiy asarlar yaratilgan. Jumladan, fransuz mutafakkiri va adibi Volter asarida Mirzo Ulug‘bek, mashhur yozuvchi Jyul Vern romanida Registon mahobati haqida to‘lqinlanib yozilgan. 

Bugun Fransiya delegatsiyasi aynan shu maydonda bo‘lib turibdi. Tungi chiroqlar bilan yoritilgan majmuaning ulug‘vorligi va go‘zalligi mehmonlarda katta zavq uyg‘otdi.

Shu yerda Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron birgalikda suratga tushdi.

So‘ng Prezidentlar “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasida bo‘ldilar.

Bu yerda xalqimizning buyuk o‘tmishi ramzlari to‘plangan, tarixiy shaharlarimizdagi diqqatga sazovor joylarining nusxalari barpo etilgan. Milliy an’analarimiz bilan birga do‘st xalqlar bilan aloqalar tarixi ham aks ettirilgan. Xususan, Afrosiyob yodgorligi devorlarida saqlanib qolgan Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilgan. Bunday ma’no-mazmun, tarix va bugungi kun uyg‘unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 

Davlat rahbarlari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘ldi. Samarqand jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgani, bugun ham xalqaro sammit va turizm markaziga aylanib borayotgani qayd etildi. Mehmonlarga xalqimizning betakror badiiy, hunarmandlik va musiqiy madaniyati namoyish etildi.  

Tashrifning asosiy tadbirlari, shu jumladan, oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Ректор университета Памуккале посетил ОшГУ
      12 октября 2025 в 11:10   Кыргызстан
    В Таджикистане пройдут Дни российского, иранского и кыргызского кино
      13 октября 2025 в 13:55   Таджикистан
    Бообек Ажикеев провёл встречу с Послом Франции
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Осенний субботник прошел на территории столичной школы №4
      13 октября 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Студентки ОшГу успешно выступили на международных соревнованиях по вольной борьбе
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    При строительстве автомагистрали «Обигарм – Нуробод» были задействованы 1800 местных специалистов
      12 октября 2025 в 21:50   Таджикистан
    В Минобороны КР состоялось представление новых заместителей министра обороны
      13 октября 2025 в 09:40   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев провел первое заседание Республиканского штаба по подготовке к досрочным выборам в ЖК КР
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял главу Представительства Евросоюза в Кыргызстане
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    Prezident Shavkat Mirziyoyev iste’fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
      13 октября 2025 в 23:05   Узбекистан