• 28 июня 2024 в 23:05
  • 17
  • 0

Shavkat Mirziyoyev turkiyalik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi raisi Mehmet Jengiz va «Kalyon Holding» kompaniyasi raisi Jemal Kalyonju boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentning yaqinda Anqaraga tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishining yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Erishilgan kelishuvlar ijrosini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Kompaniyalar tomonidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qurish, «yashil» energetika quvvatlarini barpo etish, qo‘shma geologik tadqiqotlar o‘tkazish va istiqbolli konlarni o‘zlashtirish loyihalari shular jumlasidan.

Ta’kidlash joizki, “Cengiz Holding” ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi. Bundan tashqari, Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bo‘lgan yana bir elektr stansiya qurilishi davom etmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан