• 18 февраля 2025 в 23:05
  • 4
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-fevral kuni Kuvaytdan Toshkentga qaytgach, shaharsozlik sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtirish va ilgari surishda Oqsoqollar kengashining roli va faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari yakunida qabul qilingan dastur va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida amaliy sheriklikni kengaytirish va aloqalarni faollashtirish muhim ekani taʼkidlandi.

TDT doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlash joizki, Oqsoqollar kengashi Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi doimiy maslahat organi hisoblanadi.

Turkiy dunyo shaharsozlik kongressi 2002-yilda Anqara shahrida tashkil etilgan Muhandis va meʼmorlar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladi. Uyushma faoliyatida Samarqand va Navoiy shaharlari hokimliklari faol ishtirok etmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан