• 30 октября 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.

O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari va uning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘tgan davrda turkiy davlatlarning ko‘p tomonlama sherikligi yangi sur’at bilan rivojlanganini ta’kidlash joiz. Yuzdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, amaliy hamkorlik uchun qator yangi maydonlar tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi.

Uchrashuvda TDT doirasida savdo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport va logistika, turizm, ekologiya, yoshlarga oid siyosat, turkiy xalqlarning madaniy va tarixiy merosini ommalashtirish sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан