• 28 февраля 2025 в 23:05
  • 20
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullinni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumati Raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rossiya yetakchisining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni, shu jumladan qurilish tarmog‘ida va hududlarni rivojlantirish sohasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qurilish sohasida keng ko‘lamli kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat tashkilotlari va kompaniyalari ishtirokida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, qurilish materiallari va uskunalar yetkazib berish shunday loyihalar jumlasidan.

Ulushli qurilish, loyihalashtirish, ekspertiza, raqamlashtirish va davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан