• 02 мая 2024 в 23:05
  • 20
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Bugun, 5 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro "Innoprom" sanoat ko'rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo'lib turgan Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Ta'kidlash joizki, "Innoprom" Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ilg'or texnologiyalar va zamonaviy ishlanmalarni birgalikda ilgari surish maqsadida o'tkazib kelinayotgan eng yirik ko'rgazma hisoblanadi. Ushbu tadbir mamlakatimizda birinchi marta o'tkazilmoqda.Uchrashuvda O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi keng ko'lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Denis Manturov davlatimiz rahbariga ikki mamlakatning yetakchi sanoat kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari to'g'risida ma'lumot berdi.Suhbat chog'ida biznes va hududlar darajasidagi ko'p qirrali sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.Poytaxtimizda "Innoprom" ko'rgazmasining muvaffaqiyatli o'tkazilishi ushbu vazifalarni bajarishga xizmat qilishi ta'kidlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан