• 26 февраля 2025 в 23:05
  • 23
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anni tug’ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Davlat rahbari Turkiya yetakchisiga sihat-salomatlik, farovonlik, qardosh turk xalqining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, mamlakatning global maydondagi nufuzi yuksalishida, O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi yuksak darajaga ko‘tarilishida Prezident Rejep Erdog‘anning o‘rni va shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Turli darajalarda faol, sermahsul muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik sur’ati oshib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Investitsiyalar, innovatsiyalar, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi bo‘lajak sammitlar kun tartibini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbat yakunida yetakchilar butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan bir-birini tabriklab, qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан