• 05 июля 2024 в 23:05
  • 9
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti hamrohligida Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Shusha shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarini bu yerda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

TDT ishtirokchi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari Ozarbayjon yetakchisi hamrohligida Shusha shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shusha “Qorabog‘ durdonasi”, “Kavkaz sanʼati markazi” va “Ozarbayjon musiqasi beshigi” nomlari bilan maʼlum. Shahar bir qator taniqli fan, madaniyat va sanʼat arboblari vatanidir. 2021-yildan buyon Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti hisoblanadi, 2023-yilda esa turkiy dunyo madaniy poytaxti deb eʼlon qilingan.

2024-yilda Xiva shahri va Shusha shahri o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi. Oliy martabali mehmonlar Shushada o‘ttiz ikki yil ichida birinchi marta qurilgan turar joy majmuasiga tashrif buyurdi. 23 ta binodan iborat uy-joy majmuasining umumiy maydoni qariyb 8 gektarni tashkil etadi.

So‘ng yetakchilar 2021-yilda tamal toshi qo‘yilgan yangi zamonaviy masjid loyihasi va uni barpo etish jarayoni bilan tanishdi.

Ozarbayjon rahbari mehmonlarga shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida so‘zlab berdi.

Prezidentlar, shuningdek, XIX asrda Shushada qurilgan birinchi masjid – “Gavhar og‘a” masjidini ziyorat qildi. Mehmonlar bu yerda amalga oshirilgan restavratsiya ishlarining natijalariga yuqori baho berdi.

O‘zbekiston prezidentining Ozarbayjonga amaliy tashrifi davom etmoqda. TDT norasmiy sammitining asosiy tadbirlari ertaga, 6-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан