• 23 февраля 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

Shavkat Mirziyoyev nomiga Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovdan maktub keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovdan maktub keldi.

Maktubda O‘zbekistonda o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi birodarlik va do‘stlik poydevorini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida qabul qilingan qaror uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirilgan.

O‘zbekistonda Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik yubileyi keng nishonlanishi xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi birodarlik rishtalarining buzilmasligi, tarixiy taqdirlari mushtarakligi, yakdilligimiz va hamisha birga bo‘lishga tayyorligimizning navbatdagi tasdig‘i bo‘lishiga ishonch bildirilgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston prezidentiga mustahkam sog‘liq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан