• 02 декабря 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Dubayda BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifi davomida 2-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Amirliklar tomonidan Vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon, Bosh vazir o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf Ol Nahayon, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri, COP28 sammiti prezidenti Sulton Ahmad al-Jobir ham qatnashdi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Amirliklar yetakchisi va do‘st xalqini Milliy bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha global sammit muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan qutladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar barqaror va jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ko‘paymoqda. Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Faol muloqotni davom ettirish va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va uni keng ko‘lamli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishdan manfaatdorlik bildirildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан