• 27 августа 2024 в 23:05
  • 24
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Belarus Milliy Majlisi raisi Natalya Kochanovani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida Natalya Kochanova davlatimiz rahbariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti joriy yil fevral oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanayotgani, muloqot va almashinuvlar faollashayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, hududlararo ishbilarmonlik aloqalari kuchaymoqda, madaniy-gumanitar dastur doirasidagi tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda.

Shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan parlamentlar doirasidagi qo‘shma tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston Oliy Majlisidagi uchrashuvlar va ikkinchi ayollar biznes forumining samarali natijalari yuksak baholandi.

Ikki mamlakat o‘rtasida savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surishga qaratilgan faol parlamentlararo muloqotni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан