• 06 июня 2024 в 23:05
  • 11
  • 0

Shavkat Mirziyoyev: Barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart

Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida turkiyalik hamkasbiga taklif va Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi samarali muzokaralar uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan Turkiya vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli hamkor ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, Rejep Tayyip Erdog‘an boshchiligida Turkiyada xalq farovonligini oshirish, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro maydondagi nufuzi va ta’sirini oshirish bo‘yicha katta sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Hayratlanarli infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.

– Biz chin qardosh va yaqin do‘st sifatida Turkiya xalqi erishayotgan bunday olamshumul yutuqlardan nafaqat nafaqat quvonamiz, balki behad faxrlanamiz. Biz oldimizga qo‘ygan niyatlarimiz va istaklarimiz bir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi oliy darajadagi uchrashuvlar tarixiy ahamiyatga ega ekani va ular natijasida Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolangani qayd etildi.

Yetakchilar o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, istiqbolga yo‘naltirilgan maqsadlarni belgilab oldilar. Jumladan, kengash yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazish, siyosiy muloqotni faollashtirish va Hukumatlararo komissiya mexanizmidan samarali foydalanishga qaror qilindi.

– Biz hamkorlikning yangi, yanada mustahkam ko‘priklarini qurayapmiz. Hech shubhasiz, O‘zbekiston-utkriya Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi hozirgi vaqtda aloqalarimiz tarixida yangi sahifa ochmoqda. Bunday yuksak darajadagi muloqot formati o‘zaro ishonch va hurmatning oliy ifodasidir, - dedi Prezidentimiz.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi.

So‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi 1,5 baravarga, qo‘shma korxonalar soni 2 baravarga, investitsiyalar 2,5 baravarga oshgan. Ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida haftasiga 90 ta havo qatnovi amalga oshirilmoqda.

Bugun Turkiyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekiston bozorida faol ish olib bormoqda. Turk biznesi ishtirokida 100 dan ortiq loyiha samarali amalga oshirilmoqda. Joriy tashrif doirasida 10 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish, mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, uchinchi mamlakatlar bozorlariga birgalikda chiqish, yangi o‘sish nuqtalari va maxsus sanoat klasterlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlashga kelishib oldilar.

Energetika, tog‘-kon, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, sog‘liqni saqlash, turizm, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi intilishlar qat’iy ekani bildirildi.

Ikki mamlakat hukumatlariga logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish, mavjud transport yo‘laklaridan samarali foydalanish va biznes aloqalarini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash topshirildi.

Davlatimiz rahbari qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini va uning ilk yig‘ilishi bugun ikki davlat rahbarlari boshchiligida o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Xalqaro maydonda yaqin hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni, jumladan, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikni davom ettirishga sodiqlik bildirildi.Prezidentlar G‘azo sektorida zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatish va Falastin-Isroil muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligini yana bir bor ta’kidladilar.

– Barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart, – dedi davlatimiz rahbari.

Tomonlar islom dinining asl insonparvar mohiyatini keng targ‘ib qilish, islomofobiya va radikalizmga qarshi kurashishda, shuningdek, o‘zbek zaminida tug‘ilib o‘sgan va musulmon dunyosida yuksak qadrlanadigan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abduholiq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband kabi buyuk allomalarning bebaho ma’naviy merosidan samarali foydalanish masalalarida hamkorlik qilish borasida yakdil fikr bildirdilar.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar almashinuvni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro madaniyat haftaliklari, ta’lim va tibbiyot forumlari, ko‘rgazmalar o‘tkazish va turistlar oqimni oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Barcha erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    O‘zbekistonda 2025-yilda CITES tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
      20 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    В Эр-Рияде обсуждён вопрос сотрудничества Таджикистана и Саудовской Аравии в сфере защиты прав человека
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Арсланбек Малиев, Сеидбек Атамбаев встретились с послом Франции
      20 декабря 2024 в 13:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров выступил с обращением на третьем Народном Курултае
      20 декабря 2024 в 18:25   Кыргызстан
    Gaz qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
      19 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    Садыр Жапаров поздравил работников органов национальной безопасности с профессиональным праздником
      20 декабря 2024 в 11:10   Кыргызстан
    O‘zbekistonning janubi-sharqida ikkita yangi arxeologik yodgorlik aniqlandi
      20 декабря 2024 в 22:40   Узбекистан
    ТЭЦ Бишкека отмечает День энергетика
      20 декабря 2024 в 12:55   Кыргызстан
    NBAning eng qimmat klublari aniqlandi
      20 декабря 2024 в 17:50   Узбекистан
    Tayson Fyuri: Usik hakamlardan Rojdestvo sovg‘asini oldi
      сегодня в 17:50   Узбекистан