• 30 августа 2024 в 23:05
  • 18
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni yubiley bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Belarus Prezidentini yubiley bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta yutuqlar, do‘st Belarus xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘z navbatida, Belarus Prezidenti O‘zbekiston rahbari va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik, barqaror taraqqiyot va rivojlanish tiladi.

Suhbat davomida joriy yilning 7–9-fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyaning yaqinda mamlakatimizga qilgan tashrifining samarali natijalari yuqori baholandi.

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан