• 07 декабря 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Shahnoza Mirziyoyeva AQSHga bordi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi – Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva AQShga bordi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Shahnoza Mirziyoyeva tashrif doirasida AQSh prezidentining xalqaro nogironlik siyosati bo'yicha maxsus maslahatchisi Sara Minkara bilan uchrashdi.

Sara Minkara nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tashabbuslarni ilgari surishda, shuningdek, O'zbekistonda "inklyuziv ta'lim" ni joriy etish sohasida birgalikda ishlash va har tomonlama yordam ko'rsatishga tayyorligini ta’kidladi.Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi AQShga tashrifi doirasida autizmli bolalar, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar va keksalar uchun keng qamrovli xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan Merilend shtatining Montgomeri okrugi Sog‘liqni saqlash departamentiga tashrif buyurdi.Markaz salomatlikni tiklash bo‘yicha standart dasturlarni taqdim etishdan tashqari, aholiga 5 ta yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadi: keksalar va nogironlarga xizmat ko‘rsatish, inqirozli xizmatlar va xulq-atvori buzilgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish, bolalar, yoshlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari, sog‘liqni saqlash xizmatlari va profilaktika xizmatlari, uysizlar. Markaz aholiga 24/7 tez yordam xizmatlarini ko‘rsatadi.

Muzokaralar natijasida delegatsiya vakillariga Markazning ish metodologiyasi bo‘yicha axborot taqdim etilib, Markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash uchun foydalaniladigan "Community Connect" portalidan foydalanish bo‘yicha treninglar o‘tkazish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasining Nyu-York shahrida joylashgan Sent-Meri bolalar kasalxonasiga (St. Marry’s Hospital for Children) tashrif tashkil etildi.Mazkur kasalxona AQShdagi jismoniy va ruhiy salomatligi cheklangan bolalarga qaratilgan pediatriya yordami sohasida yetakchilardan biri hisoblanadi.

Reabilitatsiya, neyroreabilitatsiya, lokomotor terapiya bo‘yicha standart dasturlarni taqdim etishdan tashqari, shifoxona uyda parvarish qilish, bolalarning ahvolini masofadan nazorat qilish, palliativ yordam hamda bemor oila a’zolariga ko‘maklashish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro tajriba almashish va amaliyotda mazkur tajribalardan foydalanish yuzasidan tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан