• 16 февраля 2025 в 23:05
  • 0
  • 0

Senat: O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar 12 foizga kamaydi va xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilandi

Oliy Majlis Senatida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Senat Raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va hududiy kengashlari aʼzolari, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari rahbar hamda xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda mamlakatimizda korrupsiyaga oid jinoyatlar 12 foizga kamaygani, sohadagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o‘rni yaxshilangani alohida taʼkidlandi.  

Shuningdek, majlisda o‘tgan davr mobaynida sohaga oid 10 ga yaqin qonun qabul qilingani, shu jumladan, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, 2024 yil 6 dekabrdan kuchga kirgani aytib o‘tildi.  

Muhokamalar jarayonida taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlariga eʼtibor qaratildi. Tegishliligi bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining axboroti eshitildi.  

Ishtirokchilar tomonidan mazkur sohalarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, tizimda shaffoflik, adolat, xizmat sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish borasida qator amaliy choralar ko‘rilayotganiga qaramasdan, korrupsiyaviy xatti-harakatlar saqlanib qolayotgani tanqid qilindi.

Shuningdek, majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining hamda aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlarining ijro holati ko‘rib chiqildi. 

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2025 yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi loyihasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibini tasdiqlash masalasiga ham eʼtibor qaratildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      сегодня в 08:55   Кыргызстан