• 15 декабря 2025 в 23:05
  • 14
  • 0

Saida Mirziyoyeva masʼul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni taʼminlash masalalarini muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15 dekabr kuni masʼul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni taʼminlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, erta homiladorlik sabablari va ularning oldini olish choralari kabi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

«Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlikni ham kuchaytirdik. Ammo bu bilan cheklanib qolmaslik kerak. Zo‘ravonlik holatlariga qarshi tezkor chora ko‘rishning samarali tizimini ishlab chiqish zarur.

Ko‘pincha haqiqiy ahvol ko‘zga ko‘rinmaydi, ko‘p narsa yashiriladi. Biz hali ham statistikani oshkor qilishdan, taʼna-malomatga qolishdan, obro‘yimiz to‘kilishidan qo‘rqamiz, tanqidni qabul qilolmaymiz. Barcha masʼul rahbarlarni bugungi suhbatdan tegishli xulosa chiqarishga chaqiraman. Zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish quruq gapda emas, amalda namoyon bo‘lishi kerak. Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Уголок индийской культуры и литературы открыли в Таджикском государственном педагогическом университете
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбол объединит детей и молодежь в приграничных районах Таджикистана
      03 апреля 2026 в 23:00   Таджикистан
    Таджикские мотоциклисты заняли почётные места в Международном соревновании «Шёлковый путь–2026»
      02 апреля 2026 в 23:00   Таджикистан
    В Бишкеке прошла конференция, посвященная 70-летию академика Абдылдажана Акматалиев
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев принял посла Монголии
      02 апреля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Фестиваль «Неделя книг для детей и подростков» проходит в Бохтаре
      03 апреля 2026 в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло первенство СДЮСШОР по тяжелой атлетике
      02 апреля 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Казахстан будет следующим?
      02 апреля 2026 в 17:28   Казахстан
    Садыр Жапаров: В эпоху быстрых изменений мира важно сочетать научные достижения с культурным наследием и вести работу в инновационном направлении
      02 апреля 2026 в 14:25   Кыргызстан
    Украина угрожает расправой Венгрии, как это может отразиться на Казахстане
      сегодня в 12:59   Казахстан