• 05 апреля 2025 в 23:05
  • 16
  • 0

Saida Mirziyoyeva BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

"Bugun BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Ivana Jivkovich bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. Muloqot davomida Oʻzbekiston va BMT TD oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik, xususan, Qoraqalpogʻiston va Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdik.

Yoshlar, sog‘liqni saqlash, madaniyat va barqaror turizmni taraqqiy ettirish bilan bog‘liq masalalar — ijobiy va uzoq muddatli o‘zgarishlar uchun asos yaratishi mumkin bo‘lgan muhim yo‘nalishlar yuzasidan batafsil fikr almashdik. Biz jamoatchilikni, ayniqsa, yosh avlodni ularning g‘ayrati, ijodkorligi va yangiliklarga intilishidan kelib chiqib, taraqqiyot jarayoniga jalb etishga intilamiz.

Qarashlarimiz BMT TD maqsadlariga to‘g‘ri kelishidan, hamohang ekanidan xursandman, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali g‘oyalarni joylarda odamlarga sezilarli foyda keltiradigan real loyihalarga aylantirishimiz mumkinligiga ishonaman", deya yozgan Prezident yordamchisi. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан