• 11 марта 2024 в 23:05
  • 7
  • 0

Ramazon oyi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakat yetakchilari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda

Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, xorijiy hamkorlar mamlakatning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyorligini tasdiqlagan.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy;Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov;O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Al Said;Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II;Bahrayn podshohi Shayx Hamad ibn Iso Al Xalifa;Falastin Davlati prezidenti Mahmud Abbos;Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy;“Al-Azhar” majmuasi rahbari Shayx Ahmad At-Toyyib.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан