• 27 ноября 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi temir yo‘l qurilishi boshlandi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida O‘zbekiston bilan chegaragacha boradigan yangi Darboza-Maqtaorol temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov xabar qildi.

Qayd etilishicha yo‘l uzunligi 152 kilometrni tashkil qiladi. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘i bilan respublikaning transport-tranzit salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi orqali yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi.Ma'lumotlarga ko'ra, 2023-yil boshidan buyon Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashish hajmi 25,8 million tonnani tashkil etgan. Asosiy yuk oqimi bugungi kunda Sariog‘och davlatlararo stansiyasi orqali o‘tadi.Yangi temiryo‘l liniyasining qurilishi mavjud Sariog‘och—Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi liniyaga yo‘naltirish, Sariog‘och stansiyasi faoliyatini yengillashtirish va butun O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha eksport tashish hajmini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, loyiha Turkiston viloyatini respublikaning asosiy temiryo‘l tarmog‘iga ulash orqali uning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Loyiha ikki bosqichga ajratilgan. Birinchisi, Erdout–Maqtaorol–O‘zbekiston davlat chegarasi liniyasi qurishni nazarda tutadi, u "Sirdaryo" stansiyasigacha boradi. Ikkinchi bosqichda shu stansiyagacha borish imkonini beradigan Yettisoy-O‘zbekiston davlat chegarasi liniyasi foydalanishga topshiriladi.Jami 152 kilometr uzunlikdagi temiryo‘l quriladi. Loyihani amalga oshirish uchun 19,7 ming tonna rels, shuningdek, 280 ming dona temir-beton shpal va relsli mahkamlagichlar xarid qilish rejalashtirilgan.  Shuningdek, “Qozog‘iston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Kanat Almagambetov hozirda Pokiston orqali Hindistonga temiryo‘l qurish masalasi muhokama qilinayotganini aytdi. “Biz yuk tashish hajmi qo‘shimcha ravishda 10-14 million tonnaga oshishini prognoz qilamiz. Kelajakda esa 20-25 million tonnagacha oshirish mumkin. Toshkent uzelini aylanib o‘tgan ushbu uchastka har ikki yo‘nalishda ham ancha tez yuk tashish imkonini beradi”, — deya xulosa qildi Kanat Almagambetov.

По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан