Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Mart oyida Qozogʻiston Respublikasi hukumati rahbari Oljas Bektenovning Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasiga amaliy tashriflari rejalashtirilgan.
Toshkentda Oljas Bektenov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazadi, unda savdo va sarmoyaviy hamkorlikni oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transport-logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.