• 08 января 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

Qozog'istonning Atirau viloyatida "O'zbekiston" savdo uyi ochilishi mumkin

Qozog'istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Qozog'iston Savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev o'rtasida o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalariga bag'ishlangan uchrashuvi haqida maqola e'lon qilindi.

Ta'kidlanishicha, Arman Shakkaliyev intervyusida davlat rahbarlari tomonidan qardosh mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini ikki barobarga oshirish va 10 milliard AQSh dollariga yetkazish bo'yicha ulkan vazifalar qo'yilgani qayd etilgan.

"Bir hafta ichida hajmlarni ko'rsatgan holda mahsulotlarning aniq ro'yxatini tayyorlaymiz. Bundan tashqari, hamkorlikda tashkil etilgan "UzKazTreyd" kompaniyasi orqali aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi. Birinchi navbatda, O'zbekistondan Qozog'istonga meva-sabzavot hamda to'qimachilik mahsulotlari yetkazib beriladi. Qarama-qarshi yo'nalishda yog' va qora metallurgiya mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha kelishib oldik. Shuningdek, mahsulotni sertifikatlash, tekshirish, tadqiqot natijalarini o'zaro tan olish masalalari ham muhokama qilindi. Bularning barchasi tovar ayirboshlash hajmining oshishiga xizmat qiladi", - deya vazir so'zlaridan iqtibos keltirgan "Kazinform".

Shu bilan birga, "Markaziy Osiyo" sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hamkorligini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi, deb yozgan agentlik.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан