• 07 января 2025 в 23:05
  • 22
  • 0

Qishloq xo‘jaligida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi. 

Ushbu qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarni sug‘urta qoidalariga asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda tabiiy ofatlar, yong‘in, o‘simliklarning kasalliklar va zararkunandalardan talofat ko‘rishi, chorva mollarining yuqumli kasalliklardan nobud bo‘lishi va zaharlanishi hamda yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarga zarar yetkazilishi bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini tuzish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilash, qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarini sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini amalga oshirishda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasini tashkil etish, jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari, sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan tavakkalchiliklar, sug‘urta mukofotlari bo‘yicha subsidiyalar berish, qayta sug‘urtani amalga oshirish, sug‘urta tovonlarini to‘lash, sug‘urta tizimini to‘liq raqamlashtirish hamda sohani davlat tomonidan muvofiqlashtirish bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy asoslari ham ushbu qonun loyihasida aks etmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda sug‘urtalash tizimi joriy etilib, mahsulot yetishtiruvchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradigan sug‘urta majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinadi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlariga xavf-xatarlar tufayli zarar yetgan hollarda zararning o‘rnini qoplash hamda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklari sug‘urtasini amalga oshirishning huquqiy asosi yaratiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      сегодня в 08:55   Кыргызстан