• 24 октября 2024 в 23:05
  • 1
  • 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozonga amaliy tashrif yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahriga tadbirlarga boy amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi.

Tashrif dasturi yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti "BRIKS plyus" sammitining yalpi majlisida barqaror taraqqiyot yo‘lidagi umumiy maqsadlarga erishishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida davlat rahbarining Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin, Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov, Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef, "Sberbank" boshqaruvi raisi German Gref bilan uchrashuv va muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Tatariston Respublikasining davlat mukofoti - "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан