• 24 мая 2024 в 23:05
  • 7
  • 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo’lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga tabrik yoʻlladi. 

"Bugun o‘z bilim va iste’dodi, kuch-g‘ayratini Yangi O‘zbekiston bunyodkori, jonajon yurtimizga munosib farzand bo‘lishdek ezgu maqsadga baxsh etishga bel bog‘lagan sizlar kabi navqiron yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Mehribon ustozlaringiz va ota-onalaringiz sizlarga oq yo‘l tilab turgan mana shu qutlug‘ kunda mamlakatimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar jaranglab, siz kabi minglab yoshlarimiz katta hayotga yo‘llanma olmoqdalar.

Haqiqatan ham, bugun sizlar ulkan imkoniyatlar taqdim etadigan butunlay yangi hayot ostonasida turibsiz. Bu yo‘lda tinimsiz izlanib, yangi marralar sari talpinish, dadillik va o‘zingizga qat’iy ishonch hissi doimo hamrohingiz bo‘lishi lozim.

Hamisha yodingizda tuting, har biringiz o‘ziga xos iste’dod sohibisiz, ularni ro‘yobga chiqarish esa avvalo o‘zingizga, tinimsiz intilish va izlanishlaringizga bog‘liq.

Shu o‘rinda, sizning safingizda o‘qishni oltin va kumush medallar bilan tamomlayotgan yuzlab o‘g‘il-qizlarimiz borligini ta’kidlash o‘rinlidir.

Keyingi yillarda Yangi O‘zbekiston yoshlari turli fanlar, sport, san’at va adabiyot sohalarida o‘zining chuqur bilim va qobiliyatini yaqqol namoyon qilishmoqda.

Hayotda yuksak marralarni ko‘zlab turgan bunday serg‘ayrat va bilimdon farzandlarimizni yurtimizdagi millionlab o‘g‘il-qizlarimizga o‘rnak qilib ko‘rsatsak, arziydi.

Mamlakatimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga juda katta e’tibor qaratilmoqda.  

Chunki jonajon Vatanimizning kelajagi, uning taqdiri va taraqqiyoti bugun shinam sinfxona va auditoriyalarda qunt bilan ta’lim olayotgan yoshlarning qo‘lida. Ular ertaga O‘zbekistonni yanada kuchli, rivojlangan va baxtli davlatga aylantirish uchun o‘zlarining bor bilimi, iqtidori va kuch-g‘ayratini safarbar qilsa, ko‘zlagan maqsadlarimizga albatta erishamiz.

Ayni paytda mamlakatimizdagi ko‘plab zamonaviy oliygohlar, kasb-hunar maktablari va texnikumlar bitiruvchilarni o‘z bag‘riga chorlamoqda. Bu maskanlarda ularning ta’limni davom ettirib, yanada chuqurroq bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Aziz o‘g‘il-qizlarim!

Sizlar jonajon Vatanimiz shonli tarixining bir qismi, o‘z madaniyati va an’analarini asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan buyuk xalqning dilbandlari, Yangi O‘zbekistonning umidi va tayanchi hisoblanasiz. Yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman, davlatimizning ertangi taqdiri, uning ravnaqi va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda.

Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda.

Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.

Har biringiz ustozlaringiz va ota-onangiz qalbingizga singdirgan qadriyatlarga hamisha sodiq bo‘lib, xalqimizning bebaho merosini yanada boyitishga, yurtimizning yorug‘ kelajagiga hissa qo‘shishga intiling.

Biz jahonga ilm-ma’rifat, ma’naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug‘ zotlarning avlodimiz. Ularga xos bo‘lgan noyob xususiyatlar, ular yaratgan an’analar bugun har birimizning qalbimizda, ongimizda va hayotimizda yashamoqda.

Endilikda biz ana shu buyuk ajdodlarimizning chinakam davomchilari bo‘lgan qalbi qaynoq yoshlarimizning yuksak ma’naviy va intellektual salohiyati, ularning dunyoni lol qoldiruvchi yutuqlari bilan ham faxrlanishga haqlimiz.

Hech shubhasiz, hayotda yuksak natijalarga erishish uchun tinimsiz harakat, shijoat va jasorat talab etiladi. Sizlarning chuqur bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganish orqali Vatanimizga munosib farzandlar bo‘lib yetishishingiz va uning taqdiri uchun mas’uliyatni zimmangizga olishingizga ishonaman.

Bu sharafli yo‘lda barchangizga baxt va omad doimo yor bo‘lishini tilayman" - deyiladi xabarda. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    O‘zbekistonda 2025-yilda CITES tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
      20 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    В Эр-Рияде обсуждён вопрос сотрудничества Таджикистана и Саудовской Аравии в сфере защиты прав человека
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Арсланбек Малиев, Сеидбек Атамбаев встретились с послом Франции
      20 декабря 2024 в 13:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров выступил с обращением на третьем Народном Курултае
      20 декабря 2024 в 18:25   Кыргызстан
    Gaz qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
      19 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    Садыр Жапаров поздравил работников органов национальной безопасности с профессиональным праздником
      20 декабря 2024 в 11:10   Кыргызстан
    O‘zbekistonning janubi-sharqida ikkita yangi arxeologik yodgorlik aniqlandi
      20 декабря 2024 в 22:40   Узбекистан
    ТЭЦ Бишкека отмечает День энергетика
      20 декабря 2024 в 12:55   Кыргызстан
    NBAning eng qimmat klublari aniqlandi
      20 декабря 2024 в 17:50   Узбекистан
    Tayson Fyuri: Usik hakamlardan Rojdestvo sovg‘asini oldi
      сегодня в 17:50   Узбекистан