• 13 декабря 2025 в 23:05
  • 34
  • 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Abduraim Hamidov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Butun hayoti va mehnat faoliyatini qishloq xo‘jaligi sohasi taraqqiyotiga bag‘ishlagan taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Abduraim Hamidov shu yil 10-dekabr kuni 82 yoshida vafot etdi.

A.Hamidov 1943-yil 20-oktyabrda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini 1960-yilda  tumandagi “O‘zbekiston” jamoa xo‘jaligida mexanizatorlikdan boshladi. Keyinchalik shirkat xo‘jaligi pudratchisi sifatida mehnat qildi. 2007-yilda “Shahand humo qushi” fermer xo‘jaligini tashkil etib, ko‘p yillar davomida fidoyilik bilan faoliyat yuritdi.

A.Hamidov qariyb 60-yillik ish faoliyati mobaynida o‘zini dehqonchilik ilmini chuqur biladigan haqiqiy mirishkor, zamonaviy agrotexnologiyalarni puxta egallagan, paxtachilikda o‘z maktabini yaratgan fidoyi fermer, mehnatsevar, samimiy va el-yurtiga sadoqatli inson sifatida namoyon etib, mamlakatimizda agrar sohada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, fermerlik harakati rivojini yangi bosqichga ko‘tarishga munosib hissa qo‘shdi.

U Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati sifatida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarida alohida faollik ko‘rsatdi.

Abduraim Hamidovning uzoq yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni va O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan edi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasining taniqli namoyandasi, jonkuyar ustoz, samimiy va kamtarin inson Abduraim Hamidovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан