• вчера в 23:05
  • 16
  • 0

Prezident Olimpiya shaharchasida soha mutasaddilari va sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi

"Bu yerda mashg‘ulotlar bilan birga sport ta’limi, ilmi, tibbiyoti mujassam bo‘lishi zarur. Ya’ni, bu joy mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘ladi, – degan edi davlatimiz rahbari.

Shunga muvofiq, shaharchada Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi ham joylashtirilgan.

Bu galgi tashrif chog‘ida Olimpiya shaharchasi infratuzilmasidan samarali foydalanish rejalari, sport tashkilotlarining joylashuvi va faoliyati bo‘yicha axborot berildi.

Avvalo, shaharchada xalqaro darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi. Inshootlar undan keyin ham bo‘shab qolmaydi. Mamlakatimiz terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Federatsiyalar sport maktablari bilan bog‘lanadi.

Hududda va majmualarda yurtdoshlarimiz ham sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.

Prezidentimiz shu yerda soha mutasaddilari va sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqotda bo‘ldi.

– Avvalo, sportchilarimiz va federatsiyalarni mana shunday maskan bilan tabriklayman. Bu bilan yosh avlod salomatligiga, bo‘lajak yutuqlarga katta poydevor qurdik. Lekin bu ishning eng osoni. Qiyini - sport turlarini ommalashtirish, professional sportchilarni tayyorlash. Biz sportni ham salomatlik, ham natijadorlik nuqtayi nazaridan rivojlantirib boramiz. Xudo xohlasa, bunday Olimpiya shaharchalari viloyatlarda ham quriladi. Asosiy maqsad - yoshlarimizning sog‘lom va barkamolligi, – dedi davlat rahbari.

Ma’lumki, 2024-yilda Parijda o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida har ikki yo‘nalishda 13-o‘rinni egallagan edi. Endi olimpiya harakatini yanada rivojlantirish, kelgusidagi musobaqalarda natijalarni oshirish maqsad qilingan.

Mamlakatimiz Prezidentining shu yil 8-iyuldagi qarori bilan, O‘zbekiston sportchilarini 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash dasturi qabul qilindi.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Milliy olimpiya qo‘mitasining 14 ta hududiy bo‘limi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakili etib belgilandi. Har bir hududga Sport vazirligi va Olimpiya qo‘mitasidan mas’ullar biriktirildi.

Asosiy maqsad yuqori sport natijalariga faqat bitta Olimpiada emas, doimiy va mustahkam zamin yaratishdir.

Iqtidorli sportchilarni eng quyi bo‘g‘indan boshlab saralash va professional etib tayyorlash uchun uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasi yo‘lga qo‘yildi. Uning final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindor sportchilar Olimpiya markazlariga jalb etilib, professional tayyorlanadi.

Respublika olimpiya va paralimpiya markazining faoliyati milliy terma jamoalar zaxirasini yaratishga qaratiladi. O‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazib borish uchun Olimpiya shaharchasi inshootlari markazga beg‘araz asosda biriktiriladi.

Shuningdek, atletlar zaxirasini kengaytirish maqsadida xususiy sport klublari faoliyati takomillashtirilib, rasmiy musobaqalardagi ishtiroki ta’minlanadi. Yuqori natija ko‘rsatgan sportchilar milliy terma jamoalarga qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.

Prezidentimiz sport turlarini ommalashtirish masalasiga alohida urg‘u berdi.

– Mardlik, kurashchanlik xalqimizning qonida bor. Odamlarimiz sportni yaxshi ko‘radi. Buni qo‘llab-quvvatlab, mahallalarda sportni yanada ommalashtirish kerak. Buning uchun joylarda sharoit bor. Yana qurayapmiz. Natija ham ommaviylikdan kelib chiqadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga sohani raqamlashtirish, sport federatsiyalari faoliyatini kuchaytirish, natijador sport turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Более трёх десятков лет таджикские спасатели обеспечивают безопасность людей
      17 августа 2025 в 22:00   Таджикистан
    Пока снимают фильм «Сияние звёзд», рассказываем интересные сведения о выдающихся мыслителях Востока — Джами и Навои
      17 августа 2025 в 13:55   Таджикистан
    В районе Кушониён открылся Центр здоровья
      16 августа 2025 в 22:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Первого вице-президента Ирана Мохаммада Реза Арефа в Чолпон-Ате
      16 августа 2025 в 17:40   Кыргызстан
    Prezident Olimpiya shaharchasida soha mutasaddilari va sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    На выставке «Сюзане Пенджикента» будут представлены образцы продукции искусных мастеров
      16 августа 2025 в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев заложил капсулу под строительство реабилитационного центра в Тюпском районе
      17 августа 2025 в 12:55   Кыргызстан
    O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin
      16 августа 2025 в 22:30   Узбекистан
    В Хатлонской области 123 037 гектаров засеяли хлопком
      16 августа 2025 в 21:50   Таджикистан
    Совместный опыт душанбинских и ташкентских сотрудников правопорядка поможет в раскрытии современных преступлений
      16 августа 2025 в 22:00   Таджикистан