• 22 февраля 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

Prezident IT-xizmatlar infratuzilmasi va eksportini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni IT-xizmatlar infratuzilmasi va eksportini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bu haqda o‘tgan yili 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi.

Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 1 ming 700 taga yetib, ularda 26 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida rezidentlar sonini 10 barobar oshirib, ulardagi ish o‘rinlarini 100 mingtaga yetkazish, sohada eksport hajmini 5 milliard dollarga olib chiqish belgilangan.

Shu maqsadda, hududlarga IT-eksportchi tashkilotlarni keng jalb qilishga qaratilgan “Zero Risk” dasturini qo‘llash taklif etilmoqda. Bu dasturda ishtirok etuvchi korxonalarga IT-park tavsiyanomasi asosida bo‘sh turgan davlat binolari 1 yilgacha muddatga tekin foydalanishga beriladi. Bu muddat tugagach, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuziladi. IT-park tomonidan texnika va jihozlar 1 yilgacha muddatga tekin foydalanishga beriladi.

Bu korxonalar faoliyatini rivojlantirishi uchun ham qator imtiyozlar nazarda tutilmoqda. Jumladan, ushbu dastur bo‘yicha korxonalarga xodimlarni ishga olish va malakasini oshirish xarajatlari 50 foizgacha qoplab beriladi.

Mahalliy IT-kompaniyalarni xalqaro miqyosga olib chiqish bo‘yicha “Local to Global” loyihasi amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, mahalliy IT-kompaniyalarning jahon bozoriga chiqishi, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishi, xorijiy ekspertlarni taklif etishida xarajatlarning 50 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Taqdimotda “raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ham axborot berildi. Yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarda IT-xizmatlar ko‘rsatish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Natijada 9 mingta ish o‘rni yaratilishi, jumladan, 5 mingga yaqin ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlanishi mo‘ljallangan.

Umuman, “raqamli inklyuzivlik” loyihasi natijasida 25 ming nafar shaxsni ish bilan ta’minlash hisob-kitob qilinmoqda.

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан