• 24 декабря 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Praga shahrida O'zbekiston va Chexiya ishbilarmon doira vakillarining biznes-forumi bo'lib o'tdi

O'zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligi tomonidan Chexiyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Pragada biznes-forum tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Tadbirda Chexiya Sanoat va savdo vazirligi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha Savdo-sanoat palatasi, mutasaddilari, shuningdek, yirik chex kompaniya va tadbirkorlari, "UZBIC" O'zbekiston biznes va sanoat kengashi nodavlat tashkiloti rahbariyati va kengashga a'zo 11 ta eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi o'zbek korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Forum davomida "UZBIC" a'zolari va yetakchi Chexiya kompaniyalari vakillari o'rtasida B2B formatida muzokaralar tashkil etildi. Tomonlar farmatsevtika, elektronika va elektrotexnika, energetika, to'qimachilik va kimyo sanoati, logistika, qurilish va boshqa istiqbolli sohalarda konstruktiv muloqot o'rnatish hamda o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq yo'nalishlarini belgilab oldilar.

O'zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi bosh konsuli Olimjon Abdullayev tadbirdagi nutqida respublikamizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli tarkibiy o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi. Milliy iqtisodiyotning ochiqligi va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga alohida e'tibor qaratildi. "O'zbekiston–2030" strategiyadagi belgilangan maqsadlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xorijiy hamkorlar uchun barqaror sarmoyaviy muhitni ta'minlash ko'zda tutilgani alohida ta'kidlandi.

Chexiyaning G'arbiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha savdo-sanoat vakillari o'z navbatlarida so'nggi bir necha yil ichida O'zbekiston-Chexiya hamkorligi sezilarli faollashganini yuqori baholadilar. Joriy yilda har ikki davlat hukumat rahbarlarining o'zaro tashriflari, O'zbekiston tomoni vakillari bilan xalqaro miqyosdagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki berganini ta'kidladi. Chex tomoni, shuningdek, o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Tadbir O'zbekiston va Chexiya biznes vakillari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni yo'lga qo'yish, shuningdek, yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha sanoat kooperatsiyasini kengaytirish uchun muhim platforma vazifasini bajardi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан