• 06 сентября 2025 в 23:05
  • 21
  • 0

O‘zbekistonda vazirliklarga yuqoridan ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni islohotlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda rahbarlarning tashabbuskorligi, masʼuliyati va vakolatlarini yana-da oshirish zarurligini taʼkidladi.

O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida bugungi kunda Vazirlar Mahkamasida ko‘plab meʼyoriy hujjatlar qabul qilinayotgani, ularni ishlab chiqish va ijro etishda vazirlik va idoralarning roli pastligini bildirdi.

«Demak, [ularning] masʼuliyati ham past bo‘ladi», — dedi Toshqulov.

Prezident farmoniga ko‘ra, o‘z sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi beriladi.

«Vazirlik va idoralarning masʼuliyati o‘zining biriktirilgan sohasi bo‘yicha oshirilyapti. Yaʼni ularga hukumat qarori, prezident qarorini kutmasdan turib, o‘zining sohasi uchun qaror qabul qilish vakolati berilyapti. Bu hukumatning 30 foiz ishini yengillashtiradi», — dedi vazir.

Toshqulovning so‘zlariga ko‘ra, vakolatlar taqsimlanadigan aniq yo‘nalishlar belgilanib bo‘lingan. «Vazirlar qaysi sohada qarorni o‘zlari qabul qiladi, qaysi sohada hukumat qabul qiladi, qaysi sohada qonunlar bilan qabul qiladi. Bu, o‘z navbatida, o‘sha vazirlarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha siyosatni rivojlantirishga xizmat qiladi», — deya xulosa qildi Adliya vazirligi rahbari.

Bunday hujjatlarni qabul qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillarini soddalashtirish, muddatlarini esa ikki baravar qisqartirish rejalashtirilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан