• 14 июня 2025 в 23:05
  • 5
  • 0

O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Moody‘s” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekistonning kredit reytingi bo‘yicha prognozni oshirganini yuqori baholadi.

“Moody‘s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirganini maʼlum qilishdan xursandman. Bu prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar dasturiga berilgan ijobiy baho, shuningdek, tanlangan yo‘l to‘g‘riligining tasdig‘i bo‘ldi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning taʼkidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sishga qodirligini namoyon etayotgan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda. Bu saʼy-harakatlarning barchasi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilganida o‘z aksini topdi.

«Prognozning yaxshilanishi 2030 yilga borib O‘zbekistonning kredit reytingini ishonchli investitsion darajaga ko‘tarish bo‘yicha qo‘yilgan maqsad sari birinchi qadamdir. Shu bilan birga, ko‘zlangan maqsadga faqat umumiy saʼy-harakatlar bilangina, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish orqali erishish mumkinligini anglash muhim», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан