• 09 апреля 2025 в 23:05
  • 15
  • 0

O‘zbekiston va Xitoy: parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Losang Gyalsen bilan uchrashdi. Uchrashuv Xitoy delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik chuqur va o‘zaro manfaatli sheriklikning asosi sifatidagi muhimligi taʼkidlandi. So‘nggi yillarda bu borada faollik kuzatilayotgani, hamkorlikni amaliy loyihalar bilan yana-da boyitish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Qo‘shma tashabbuslar, shu jumladan, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiya tuzish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan qo‘shma parlament nazoratini faollashtirish, shuningdek, “yashil” iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazish taklif qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан