• 19 января 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi hamda "O‘zaeronavigatsiya" markazi DUK rahbar hamda mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh aviaqatnovlar hajmini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi havo koridorlari (trassalari)ni ochish, shuningdek, Xitoy aviakompaniyalarini O‘zbekiston aviatashuvlar bozoriga jalb etish hamda 2023-yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi rezident aviakompaniyalarning Xitoy aviatashuvlar bozorida ishtirokini taʼminlash yuzasidan Xitoy aviatsiya maʼmuriyati bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Delegatsiya aʼzolarining Xitoy aviatsiyasi maʼmuriyati bilan o‘tkazgan muzokaralarining birinchi bosqichidan olingan xulosasiga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida IATA – 2024 bahor-yoz mavsumidan ikki davlat o‘rtasida Toshkent – Pekin, Toshkent – Siyan hamda Toshkent – Chengdu yo‘nalishlariga qo‘shimcha ravishda Urumchi – Samarqand, Toshkent – Shanxay, Toshkent – Xaynan, Toshkent – Sanya va Toshkent – Xanchjou kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonning "Qanot Sharq" hamda "Centrum Air" rezident aviakompaniyalari Xitoy Xalq Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun xorij tomonining talabiga muvofiq sertifikatsiyadan o‘tish jarayonini yakunlab, tegishli ekspluatatsiya ruxsatnomasini olganidan so‘ng yangi tashkil etilgan aviakompaniyalar orasida birinchilardan bo‘lib Xitoyga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yshi mumkin.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан