• 22 августа 2025 в 23:05
  • 16
  • 0

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

"Avaza" milliy turizm zonasining Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu yetaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakat rahbariyati va qardosh turkman xalqini shu oy boshida Avazada BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollarni tashkil etdi. Fevral oyidan boshlab mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qilmoqda, poytaxtlarda savdo uylari ishlamoqda. Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda "Shovot - Toshovuz" savdo zonasini ishga tushirish bo‘yicha birgalikdagi ishlar yakunlanmoqda.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiyalar va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari hamda qator madaniy tadbirlarni samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Yetakchilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak yettinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar. Shu ma’noda, "Ozarbayjon - Turkmaniston - O‘zbekiston" formatidagi muzokaralar muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан