• 27 апреля 2024 в 23:05
  • 6
  • 0

O‘zbekiston va Germaniya o'rtasida kriminologiya sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasining Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Muzokaralar natijasida kriminologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha chop etilgan ilmiy nashrlarni o‘zaro almashish, hamkorlikda «Kriminologiya» xalqaro ilmiy-amaliy jurnalini ta’sis etish, shuningdek, birgalikda xalqaro forum o‘tkazish va  qo‘shma xalqaro ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, “Staff Mobility” – ilmiy xodimlarning almashinuvi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining xodimlarini 14 kundan 4 oygacha muddatga Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot institutiga ilmiy stajirovka o‘tashga yuborish masalasi ishlab chiqilishi belgilandi.

O‘zbekiston Kriminologiya tadqiqot instituti Germaniya Federal ta’lim va tadqiqot vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, German akademik almashinuvlar xizmati, Nemis ilmiy-tadqiqot jamiyati, Germaniyadagi kriminologiya institutlari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan uslubiy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Delegatsiya a’zolari Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot institutining faoliyati va ishlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur institut 1979 yilda tashkil etilgan bo‘lib, kriminologik tadqiqotlar sohasidagi mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasa hisoblanadi.

Institut faoliyati Quyi Saksoniya Fan va madaniyat vazirligi  tomonidan moliyalashtirilib, yillik moliyalashtirish hajmi 1,5 million yevroni tashkil etadi. Institutning tashkiliy tuzilmasi boshliqlar kengashi, g‘ayriijtimoiy xulq-atvor omillarini tadqiq qilish, viktimologiya tadqiqot, ijtimoiy nazorat institutlarini tadqiq qilish shu’balari, metodik ta’minlash bo‘limi va ma’muriyatdan iborat.

Institutda tadqiqotlar fanlararo yondashuv tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, institut ilmiy xodimlari kriminologiya, sosiologiya, psixologiya, huquq va siyosatshunoslik fanlari mutaxassislari bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarni bajarishda ushbu sohalardagi bilimlar kompleks qo‘llaniladi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumni ishlab chiqish va kelgusida yaqin ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Кара-Балте прошел форум «Безопасности - 2025»
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    МВД КР усиливает меры по обеспечению тишины и порядка на дорогах
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Dam olish kunlari harorat asta-sekin pasaya boshlaydi
      04 июля 2025 в 17:50   Узбекистан
    Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylandi
      05 июля 2025 в 17:50   Узбекистан
    В Национальной библиотеке для людей с ограниченными возможностями создан «Уголок книг в аудиоформате»
      05 июля 2025 в 13:55   Таджикистан
    O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildilar
      04 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    В пришкольных лагерях Бишкека прошли спортивные соревнования
      05 июля 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Buxoro viloyatining sobiq hokimi 88 yoshida vafot etdi
      05 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Саудовский фонд развития подписали кредитное соглашение на 30 миллионов долларов
      04 июля 2025 в 21:50   Таджикистан
    В Москве состоялись межведомственные таджикско-российские консультации
      04 июля 2025 в 22:20   Таджикистан