• 18 августа 2024 в 23:05
  • 17
  • 0

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga tushadi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi doirasida Kobul shahrida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatni yana-da kengaytirish maqsadida tashkil etilgan muloqotda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yil 1-oktyabrdan ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga tushadi. Ushbu hujjat doirasida kelishilgan 14 xil mahsulotga import boji bekor qilinadi, eksportchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

Ayni payt Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini yana-da oshirish maqsadida fitosanitar ruxsatnoma berish tartibi yengillashtirilgan.

1-avgustdan Ayritom – Hayraton chegara posti 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi.

Xalqaro Termiz savdo markaziga keluvchilar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi va ular barcha soliqlardan ozod etiladi.

Afg‘onistonlik tadbirkorlar mamlakatimizda faol ishlashi uchun ikki davlat o‘rtasida investitsiyani o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Ochiq muloqot shaklida kechgan uchrashuvda yurtimiz tadbirkorlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shu va boshqa chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан