• 04 июля 2024 в 23:05
  • 11
  • 0

O‘zbekiston prezidentining Ostona shahriga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi.

Kecha, 3-iyul kuni davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugun Prezidentimiz Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida va “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etib, tashkilot makonida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан