• 10 июня 2025 в 23:05
  • 10
  • 0

Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarini qabul qildi

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentyabr kuni ikki tomonlama hukumatlararo komissiyalarning tadbirlari doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Esenmirat Orazgeldiyevni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma'lum qildi. 

Unda aytilishicha, uchrashuvda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqilgan.Oliy darajadagi muntazam muloqotlar birodar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. 

Esenmirat Orazgeldiyev Oʻzbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Shuningdek, shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtkazilgan ikki tomonlama hamkorlik va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻshma hukumatlarlaro komissiyalar yigʻilishlarining asosiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan sammitga puxta va har tomonlama tayyorgarlik koʻrish, eng avvalo, mazmunli kun tartibini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekanini taʼkidladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан