• 04 июня 2024 в 23:05
  • 4
  • 0

O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor investitsiya loyihalarining borishini ko‘rib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.

Saudiya Arabistoni yetakchi kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari "ACWA Power" bilan samarali sheriklik yuksak darajaga chiqqanini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Kompaniyaning mamlakatimiz energetika bozorini rivojlantirishdagi yetakchi o‘rni qayd etildi. Bugungi kunda joriy va istiqbolli qo‘shma loyihalar portfeli 17 milliard dollardan oshdi.

Ishbilarmonlar kengashi faoliyati doirasida Saudiyadan yangi kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish ishlarini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Aeroportlarni qurish va boshqarish, raqamli va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, issiqlik ta’minoti tarmoqlarini kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, onkologiya klinikalarini ochish, turizm markazi, to‘qimachilik klasterini tashkil etish, issiqxona xo‘jaligi va chorvachilikni rivojlantirish kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан