• 25 сентября 2024 в 23:05
  • 32
  • 0

O‘zbekiston Prezidenti "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston–Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.

Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari "ACWA Power" bilan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani, Saudiya Arabistoni sarmoyasini mamlakatimizga jalb etishda kompaniya muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

Energetika, transport, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, issiqlik ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Samarqand shahriga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан