• 30 мая 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

O‘zbekiston Prezidenti ICESCO bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.

Ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

ICESCO bosh direktori samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik izhor etib, mamlakatimizda boy ilmiy va madaniy merosni asrab-avaylash, har tomonlama o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosat natijalarini yuqori baholadi.

O‘zbekiston Prezidenti tashkilot bilan o‘zaro manfaatli va jadal hamkorlikning bugungi darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

2007-yilda Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan, 2020-yilda Buxoro shahri, 2025-yil uchun esa Samarqand shahri ushbu maqomga ega bo‘ldi.

Joriy yilda Xiva Islom dunyosining turizm poytaxti hisoblanadi. Toshkent shahridagi Xalqaro islom akademiyasida ICESCOning Islom sivilizatsiyasini o‘rganish bo‘yicha maxsus kafedrasi faoliyat yuritmoqda.

Hamkorlikning yangi yo‘nalishlari sifatida qo‘lyozmalar va boshqa tarixiy yodgorliklarni saqlash, restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish, bu boradagi loyihalarni amalga oshirish, arab tili o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro ilmiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish belgilandi.

Amaliy sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida O‘zbekistonda ICESCOning mintaqaviy vakolatxonasini ochish masalasi o‘rganiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан