• 09 мая 2025 в 23:05
  • 62
  • 0

O‘zbekiston prezidenti G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Qizil maydonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va boshqalar ham qatnashdi.

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba millionlab insonlarning jasorati, matonati va fidoyiligi natijasidir. Bu ulug‘ maqsadga erishishda O‘zbekiston xalqining ham salmoqli hissasi bor.

Urush boshlangan paytda respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Urush yillarida ikki millionga yaqin o‘zbekistonlik frontga jo‘natildi. 538 mingdan ziyod kishi jang maydonlarida halok bo‘ldi, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qoldi.

Ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun O‘zbekistondan 214 mingdan ziyod askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Vatandoshlarimizdan 301 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, yana 70 kishi "Shuhrat" ordenining barcha darajalari sohibi bo‘ldi.

O‘zbek xalqi mehnat borasida ham ulkan jasorat ko‘rsatdi. Mamlakatimiz frontning ishonchli tayanchiga aylandi: bu yerdan oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, qurol-yarog‘ va boshqa zarur resurslar uzluksiz jo‘natib turildi. Qisqa muddatda O‘zbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxonalar joylashtirilgani mudofaa sanoatining uzilishlarsiz ishlashini ta’minladi.

O‘sha og‘ir yillarda O‘zbekiston xalqi yuksak insonparvarlik namunasini ko‘rsatib, frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq kishini, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalarni qabul qildi.

O‘zbek xalqining urush yillaridagi jasorati xalqaro hamjamiyatda keng e’tirof etilmoqda.

Mamlakatimizda ham urush va mehnat fronti qatnashchilarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkentda ulug‘vor "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi barpo etildi.

G‘alaba paradi yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik g‘alaba yo‘lida mislsiz jasorat ko‘rsatgan va jon fido qilgan millionlab jangchilar, jumladan, O‘zbekiston farzandlari xotirasiga o‘rnatilgan.

Marosim bir daqiqalik sukut hamda faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurishi bilan yakunlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Сборная Таджикистана по киберфутболу впервые примет участие на FIFAe Nations League
      28 февраля 2026 в 23:00   Таджикистан