• 14 января 2025 в 23:05
  • 13
  • 0

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan yirik energetika loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy, “TAQA” rahbari Jasim Husayn Tabet, “TAQA Water Solutions” rahbari Ahmad al-Shamsiy va “Etihad Water & Electricity” rahbari Yusuf al-Ali ham ishtirok etdi.

Mazkur kompaniyalar energiya va suv ta’minoti, tozalash tizimlarini boshqarish sohasida jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchi va operatorlar hisoblanadi.

Mamlakatimizda "yashil" energetika, kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari energetika sohasidagi strategik sheriklik ikki tomonlama hamkorlikning lokomotivi bo‘lib xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bu borada umumiy qiymati 1,5 milliard dollarlik 5 ta loyiha birgalikda ishga tushirildi. Dekabr oyida Navoiy viloyatida quvvati 500 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi, yana bir qator obyektlar qurilishi faol bosqichga kirgan.

O‘zbekiston Prezidenti kompaniyalarning mamlakatimiz hududlarida mavjud issiqlik elektr stansiyalari quvvatlarini kengaytirish, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi GESlar, elektr energiyasini saqlash tizimlari, yirik quyosh va shamol stansiyalari qurilishini jadallashtirish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida suv ta’minoti tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tozalash inshootlarini barpo etish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан