• 19 марта 2025 в 23:05
  • 7
  • 0

O‘zbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan 2025 yil 5-9 aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda o‘tkazilmoqda.

Parlamentlararo ittifoq - 1889 yil tuzilgan bo‘lib, turli davlatlarning milliy parlament guruhlarini birlashtiruvchi,  hukumatlar qaramog‘ida bo‘lmagan xalqaro tashkilotldir.

Tashkilotning asosiy maqsadi parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish va xalqaro tinchlik hamda hamkorlikni mustahkamlash ishida birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun ularni birlashtirishdan iborat Assambleya – bu Parlamentlararo ittifoqning oliy organi hisoblanadi va u bir yilda 2 marotaba o‘tkaziladi.

Maʼlumki, 190 ga yaqin mamlakatlar parlamentini birlashtirib kelayotgan Parlamentlararo ittifoq Assambleyasi yilda 2 marotaba o‘tkaziladi. Mazkur tadbir faqatgina parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardagina o‘tkaziladi.

O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoqqa aʼzoligi 2017-yilda qayta tiklangani taʼkidlab o‘tildi. O‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimiz parlamentarizm va barqaror rivojlanish sohasida juda katta tajribaga erishgan. Respublikamiz yutuqlari yirik xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar tomonidan alohida eʼtirof etilmoqda.

“Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusida o‘tkaziladigan Assambleyaning turkum yig‘ilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:

- Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag’allikni qisqartirish;- Qonun ustuvorligini ta’minlash;- Inson huquqlarini himoya qilish;- Gender tenglikni ta’minlash;- Ilm-fan, texnologiyani rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalar muhokama qilinadi.Senat Raisi mazkur tarixiy va nufuzli anjumanda barcha birdek faol bo‘lishi kerakligiga hamda uni yuqori saviyada tashkil etish borasida qator vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, bir hafta davomida Parlamentlararo ittifoqning qo‘mitalari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash, ilm-fan va texnologiya, yoshlar masalalariga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatlarning parlament yetakchilari va aʼzolari hamda xalqaro tashkilotlarning vakillari Assambleyada ishtirok etishga kata qiziqish bildirishmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан