• 21 января 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya 2024-yil 19-20-yanvar kunlari Ugandaning Kampala shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammitida ishtirok etdi.

Tadbirda 100 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, davlat, hukumat, tashqi ishlar idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, global miqyosda tinchlik va barqarorlik hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda Harakatning mavjud salohiyatidan foydalanish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakati raisligiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun Harakatning barcha a’zolariga minnatdorlik bildirib, ishtirokchilarni O‘zbekistonda jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va jadal islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy va moliyaviy tizimlarni takomillashtirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. Ilm-fan va innovatsion texnologiyalar sohasida o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishni kuchaytirish, yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан