• 04 сентября 2025 в 23:05
  • 5
  • 0

O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Farrux Yunusov O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlov jamoaga O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilindi. Yig‘ilishda Markazning markaziy apparati xodimlari hamda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli ijodiy jamoasi ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Bahodir Ahmedov Farrux Yunusovni tabriklab, maqom san’ati yo‘nalishida yangi tashabbus va amaliy yondashuvlarni amalga oshirishini ta’kidladi. Shuningdek, milliy san’atimizni targ‘ib etishda tizimli loyihalar ustida ishlash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Farrux Yunusov Madaniyat vazirligi tizimidagi turli muassasalarda –“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi va Madaniyat vazirligining markaziy apparatining ijodiy va tashkiliy lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. Xususan, u ijodkor yoshlar bilan ishlash, xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, tanlovlarni rejalashtirish va o‘tkazish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surgan.

Shuningdek, u tayinlovga qadar Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Bugungi tayinlov Farrux Yunusovning san’at va madaniyat sohasidagi ko‘p yillik tajribasi, tashkilotchilik salohiyati va ijodiy qarashlariga berilgan ishonch ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi yangi lavozimdagi faoliyatida Farrux Yunusovga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан